Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

1-avgustdan mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish boshlanadi – vazirlik

01-avgust 00:43
1-avgustdan mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish boshlanadi – vazirlik

Ertadan mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish boshlanadi – vazirlik

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, 1-sinfga qabul uchun mikrohududdan tashqari maktablarga ariza yuborish ertaga — 1 avgust kuni soat 11:00 da boshlanadi.

my.maktab.uz platformasi orqali mikrohududdan tashqari hududda joylashgan maktablarga 1-sinfga qabul uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘yicha ariza topshirishingiz mumkin.

Arizalar yuborilgan vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan so‘ng, qabul jarayonlari avtomatik tarzda to‘xtatiladi.

Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.