Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Kelasi o‘quv yilidan 6 ta hududda yangi ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi

Bugun, 15:24
Kelasi o‘quv yilidan 6 ta hududda yangi ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishidagi ixtisoslashtirilgan maktablar quyidagi hududlarda tashkil etiladi:

— Buxoro viloyatida – Romitan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;

— Fargʻona viloyatida – So‘x tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;

— Jizzax viloyatida – Mirzacho‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;

— Samarqand viloyatida – Toyloq tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi;

— Sirdaryo viloyatida – Xovos tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;

— Toshkent viloyatida – Toshkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

Ushbu maktablarning aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinflariga hamda tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-, 8-, 9- 10-sinflariga oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.