Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

10–11-sinflar oʻquvchilaridan iborat bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi

28-oktabr 03:49
10–11-sinflar oʻquvchilaridan iborat bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 oktyabrdagi PQ–369-son qaroriga asosan,

– davlat umumta’lim maktablari, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar (keyingi oʻrinlarda – maktablar) oʻquvchilarini odob-axloq qoidalariga rioya qilish, Vatanga sadoqat hamda o‘ziga qat’iy ishonch ruhida tarbiyalash, o‘qishi, intizomi va jismoniy koʻrsatkichlari past oʻquvchilarga yuqori natijalarga erishishda koʻmaklashish;

– maktablarda oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;

– maktablarda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi rahbarligida sinflar sonidan kelib chiqib, tarkibi 20 nafar 10–11-sinflar oʻquvchilaridan iborat bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi va ularning faoliyati “Vatan tayanchi” harakati tomonidan muvofiqlashtirib boriladi;

– “Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktablarni a’lo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar a’zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi;

– “Vatan tayanchi” harakatining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan “Vatan tayanchi” otryadi a’zolari Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda oliy harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari yoki yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 5 foiz miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyozga ega bo‘ladilar.