Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

10-26-yanvar kunlari o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

Bugun, 19:41
10-26-yanvar kunlari o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2026-yil 10-26-yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin.

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.