Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

20-21-avgust kunlari navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari o‘tkaziladi

08-avgust 17:38
20-21-avgust kunlari navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari  o‘tkaziladi

Navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari o‘tkazilish muddati ma’lum qilindi

Joriy yilning 20-21-avgust kunlari navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari oʻtkaziladi.

Avval xabar berilganidek, umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashishi belgilangan.

Kasbiy sertifikatlash sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Nukus shahri, Y. Alakoʻz koʻchasi, 54-uy)
  • Andijon viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi, 8-uy)
  • Buxoro viloyati: Kogon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (Kogon tumani, “Choloki” MFY, Qasri Orifon qishlogʻi, 165-uy)
  • Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-umumtaʼlim maktabi (Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, Toʻqimachilar koʻchasi, 45-uy)
  • Qashqadaryo viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Qarshi shahar, Olimlar koʻchasi, 2-uy)
  • Navoiy viloyati: Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Navoiy shahri, Aloqa koʻchasi, 6-uy)
  • Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-umumtaʼlim maktabi (Namangan shahri, “Gʻishkoʻprik” MFY, Uychi koʻchasi, 329-uy)
  • Samarqand viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Samarqand shahar, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy)
  • Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh koʻchasi, 55-uy)
  • Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 26-umumtaʼlim maktabi (Termiz shahar, “Farhod” MFY, Alisher Navoiy koʻchasi, 19-uy)
  • Fargʻona viloyati: Fargʻona shahridagi 28-umumtaʼlim maktabi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy)
  • Xorazm viloyati: Urganch tumanidagi 36-umumtaʼlim maktabi (Urganch tumani, Qorovul qishlogʻi, “Mevazor” MFY, Quvonch koʻchasi, 111-uy)
  • Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy koʻchasi, 83-uy)