2023-yilda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning 89,2 foizi talabni bajara olmagan
Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonlarda jami 41 122 nafar talabgor ishtirok etgan.
Test sinovida ishtirok etgan 41 122 nafar talabgorning 4 433 nafari (10,8 %) talabni bajargan bo‘lsa, 36 689 nafari (89,2 %) talabni bajara olmagan.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida 41 122 nafar talabgordan 75 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatilgan.
Hududga kirishda esa 78 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatilgan.