Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

2024-2025 super kontrakt narxlari hali tasdiqlanmagan

21-iyul 11:44
2024-2025 super kontrakt narxlari hali tasdiqlanmagan

Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari hali tasdiqlanmagan

Ayrim telegram kanallarda oʻqishcha kira olmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan (super) kontrakt asosida oʻqishga kirishi mumkin degan xabar bilan oʻtgan oʻquv yili uchun tasdiqlangan miqdorlar eʼlon qilinmoqda.

OTMlarga kirish imtihonlarida toʻplagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori har yili taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi bayoni bilan belgilanadi. 2024-2025 o‘quv yili uchun miqdorlari hali tasdiqlanmagan va e’lon qilinmagan.

Yaʼni ushbu miqdor joriy yilda oʻzgarishi mumkin. Yangi oʻquv yili uchun super kontakt narxlari tasdiqlansa saytimiz orqali xabar beriladi.