2024-yil iyun oyida yangi rektorlar tayinlandi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 2024-yil iyun oyida bir qator oliy ta’lim muassasalariga yangi rektorlar tayinlandi:
-
Oybek Abdimo‘minovich Ro‘ziyev – Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori;
-
Muxiddin Baxritdinovich Kalonov – Navoiy davlat pedagogika instituti rektori;
-
Bahodirov Azizbek Abdulazizovich – Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori;
-
Akbaraliyev Baxtiyorjon Bakirovich – Andijon davlat universiteti rektori;
-
Ne’matov Sherzod Qalandarovich – Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori;
-
Xoliqov Bahodir Aliqulovich – Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovlar oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘zgarishlarga yo‘l ochadi va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytiradi.