2024/2025-o‘quv yili uchun kontrakt narxlari oshirildi
Bazaviy kontrakt miqdori oshirildi
2023-yil talabalarning to‘lov-kontrakti oshirilmagandi, ammo 2024/2025-o‘quv yili uchun kontrakt narxlari tasdiqlandi va narxlar oshgani yaqqol ko‘rinadi.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yili iqtisod yo‘nalishi uchun kontrakt 9,1 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yildan 10,5 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Darvoqe, bu tasdiqlangan narxlar moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarga ko‘pam ta’siri yo‘q. Ular 2024-2025 o‘quv yilidan qabul qilingan talabalarga bundan ham qimmatroq narx belgilashi mumkin.