Ayrim talabalarga kontrakt to‘lovining 50 foizigacha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi
2026-yil 1-fevraldan boshlab Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Prezidentning 2025-yil 20-noyabrdagi 222-sonli farmoniga muvofiq, mazkur yordam “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali yoshlar ijtimoiy shartnomasi asosida taqdim etiladi.
Bunda toʻlov-kontrakt summasi oʻquvchi-talaba bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi.
Muhim: Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning 30 yoshdan oshmagan kasbiy taʼlim, bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talaba aʼzolariga beriladi.