2026–2027-o‘quv yili uchun “Jasorat maktablari”ga qabul kvotalari tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Jasorat maktablari”ning 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 208 ta “Jasorat maktabi”ga jami 5 408 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
Ma’lum qilinishicha, har bir “Jasorat maktabi”ga 26 nafardan o‘quvchi qabul qilish belgilangan. Qabul jarayoni maktablar kesimida belgilangan kvotalar asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, “Jasorat maktablari”ga hujjatlar qabuli joriy yilning may–iyun oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.