O‘tgan yilga qaraganda natijalar yaxshilandi: abituriyentlar test sinovlari ko‘rsatkichlari
31.07.2024 01:49
345 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan
Joriy yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 151 mingga kam.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra:
- 345 ming 869 nafari (46,9%) 56,7 balni ham to‘play olmagan.
- 391 ming 482 nafar (53,1%) 56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan.
O‘tgan yil bilan solishtirganda:
- 2023-yilda 49,4% foiz, ya’ni 439 ming abituriyent 56,7 ball to‘play olmagan.
- 2024-yilda bu ko‘rsatkich 2,5% ga yaxshilandi.
2024-yilda:
- Eng yomon ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida (51,8%)
- Yaxshiroq natija Toshkent shahrida (35,9%)
O‘tgan yilda:
- 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi.
- Joriy yilda bunday hududlarning soni 4 taga tushdi (Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyati).
Natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:
| Hudud | Yaxshilanish foizi |
|---|---|
| Toshkent shahri | 4,9% |
| Toshkent viloyati | 4,9% |
| Jizzax | 3,7% |
| Buxoro | 3,5% |
| Sirdaryo | 3,1% |
O‘tgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlashgan hudud yo‘q, barcha hududlarda o‘sish kuzatilgan.
Umuman olganda yildan yilga yaxshi tomonga o‘zgarish bor.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
O‘zbekistonda talabalar eng ko‘p qaysi hududda tahsil oladi?
24-aprel 13:48
SAT 1200 ball va undan yuqori natijali sertifikati bor abituriyentlar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi
09-aprel 11:39