Endi kvota OTMga taqsimlanmaydi. bu nima degani?
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Endi davlat grantini OTMlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi.
Bu nima degani?
X.Xudoyberdiyevning tushuntirishicha, endi davlat grantlari falon universitet uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant o‘rni bo‘lmaydi, balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.
Bunda respublikadagi barcha OTMlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim OTMlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.
Rejaga ko‘ra, davlat grantining barcha kvotasini bitta OTM olib qo‘yishining oldini olish maqsadida OTM uchun 50% lik cheklov qo‘yiladi.