21 ming nafar pedagog malaka bo‘yicha yetarli ball to‘play olmagan
21 ming nafar o‘qituvchi malaka bo‘yicha yetarli ball to‘play olmagan
Davlatimiz rahbari bugungi ochiq muloqotda eng avvalo o‘qituvchining kasbiy mahoratiga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
“Yana bir bor aytaman: qancha islohot qilmaylik, birinchi navbatda o‘qituvchining bilimi va kasb mahoratini oshirmas ekanmiz, sifatli ta’limni ta’minlay olmaymiz,” dedi Prezident.
Bugungi kunda davlat ta’lim muassasalarida 46 ming nafar, xususiy tashkilotlarda esa 38 ming nafar pedagog 5 yil davomida malaka oshirmagani afsus bilan qayd etildi.
Bu yil attestatsiya jarayonlari shaffof bo‘lishi uchun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar qo‘llandi. Natijada 198 ming o‘qituvchidan 21 ming nafari malaka bo‘yicha yetarli ball to‘play olmadi.
Bu barchamizni tashvishga solishi kerak bo‘lgan holat ekani ko‘rsatib o‘tildi.