Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

27-30-dekabr kunlari o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

Bugun, 20:03
27-30-dekabr kunlari o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 27-30-dekabr kunlari Matematika, Kimyo va Geografiya fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Ma’lumot uchun: Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

— 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

— 65 - 69,9 ball — A daraja;

— 60 - 64,9 ball — B+ daraja;

— 55 - 59,9 ball — B daraja;

— 50 - 54,9 ball — C+ daraja;

— 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

— A+, A darajali sertifikat uchun tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;

— B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;

— A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

Muhim: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat matnida o‘zgartirish kiritilgan.