Apellyatsiya shikoyatlari ko‘rib chiqildi
2024-yil 6–7-sentabr kunlari Nukus shahrida OTMga kirish va o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari natijalaridan norozilik bildirgan abituriyentlar tomonidan apellyatsiya shikoyatlari berildi. Ushbu murojaatlar Apellyatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi va natijalar e’lon qilindi.
Jami 446 nafar abituriyent apellyatsiya jarayonida ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Shundan faqat 91 nafar abituriyent (20,4%) o‘z noroziligini bildirish uchun jarayonda qatnashdi, qolgan 355 nafari esa jarayonda ishtirok etmadi.
Bu jarayon natijalariga ko‘ra, apellyatsiya jarayoniga ishtirok etmagan abituriyentlarning murojaatlari avtomatik ravishda rad etiladi yoki ko‘rib chiqilmaydi. Shuning uchun barcha abituriyentlar o‘z huquqlaridan foydalanib, apellyatsiya jarayonida faol ishtirok etishi tavsiya etiladi