Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari yakunlandi: 14,8 mingdan ziyod talabgor ishtirok etdi

Bugun, 14:35
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari yakunlandi: 14,8 mingdan ziyod talabgor ishtirok etdi

2024-yil 19–20-oktabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlarining yozma qismi (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) o‘tkazildi. Sinovlar talabgorlar uchun qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Test sinovlarida jami 14,8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. Biroq, qoidabuzarliklar sababli 12 nafar talabgor sinovlardan chetlatildi.

21-oktabrdan 5-noyabrga qadar (dam olish kunlaridan tashqari) gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Sinov natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq barcha imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi.