Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Xorijda o‘qigan talabalar uchun hujjatlarni tan olish imtihonlari muddatlari eʼlon qilindi

27-sentabr 19:20
Xorijda o‘qigan talabalar uchun hujjatlarni tan olish imtihonlari muddatlari eʼlon qilindi

Xorij OTMlarda o‘qigan talabalarning hujjatlarini tan olish bo‘yicha imtihon muddatlari belgilandi

2024-yilning to‘rtinchi choragida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilandi. Belgilangan imtihon kunlari quyidagicha:

Oktabr:

  • 2024-yil 4-oktabr
  • 2024-yil 17-oktabr
  • 2024-yil 31-oktabr

Noyabr:

  • 2024-yil 1-noyabr
  • 2024-yil 15-noyabr
  • 2024-yil 28-noyabr

Dekabr:

  • 2024-yil 12-dekabr
  • 2024-yil 26-dekabr

Shuningdek, test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 5 kun oldin eʼlon qilinadi.

Test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.