Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Attestatsiyadan so‘ng magistr xodimlarga mutaxassis sifatida haq to‘lash tartibi

17-sentabr 21:13
Attestatsiyadan so‘ng magistr xodimlarga mutaxassis sifatida haq to‘lash tartibi

Magistr darajasidagi xodimga 3-yildan so‘ng mutaxassis toifasida haq to‘lanadimi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga ko‘ra, ilgari attestatsiyadan o‘tmagan magistr darajasidagi ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlarga attestatsiyaga jalb etilgunga qadar ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi) berilishi qayd etilgan.

Mana shu qoidaga binoan, magistraturani tamomlab ishga kirganidan so‘ng, attestatsiyadan o‘tguniga qadar yuqoridagi toifada haq to‘lanadi.

Nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshida, ilgari attestatsiyadan o‘tmagan ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlarga yoki oliy ta’lim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkaziladi. Ushbu qoida 2020-yilda amalda bo‘lgan Vazirlar Mahkamasining 392-son qarorida ham mavjud.

Shunga muvofiq, ushbu vaziyatda toifa 3 yilga amal qiladi. Demak, magistrlarga attestatsiyadan o‘tganidan keyin mutaxassis sifatida haq to‘lash kerak.