Ayol jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga ustama haqi to‘lanishi kerakmi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 1-apreldagi PQ-1315-sonli qarorining 1-bandiga muvofiq, qishloq joylaridagi umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida hamda sport maktablarida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va murabbiylarga har oyda tarif stavkalarining 15 foizi miqdorida ustama haq beriladi.
Qishloq hududidagi maktablarda ishlayotgan o‘qituvchilarning barchasi, jumladan ayol jismoniy tarbiya o‘qituvchilari ham ushbu ustama haqqa ega bo‘lishadi.