Bilimni baholash agentligi 2025-2026 o‘quv yilining test o‘quv dasturlarini e’lon qildi
2025–2026 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda qo‘llanadigan test topshiriqlari shakllantiriladigan o‘quv dasturlari Bilimni baholash agentligining rasmiy sayti — uzbmb.uz da e’lon qilindi.
Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan taqdim etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qaroriga asosan, test sinovi topshiriqlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi. Test materiallari umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi fanlarning o‘quv dasturlariga moslashtiriladi