Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Biologiya, fizika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

Bugun, 20:53
Biologiya, fizika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

2026-yil 17-19-yanvar kunlari biologiya, fizika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

— 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;

— 65 - 69,9 ball — A daraja;

— 60 - 64,9 ball — B+ daraja;

— 55 - 59,9 ball — B daraja;

— 50 - 54,9 ball — C+ daraja;

— 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

— A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;

— B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;

— A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Ma’lumot uchun: Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.