Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Bir asrdan ortiq vaqt o‘tib maktab kutubxonasidan olingan kitob qaytdi

20-oktabr 16:16
Bir asrdan ortiq vaqt o‘tib maktab kutubxonasidan olingan kitob qaytdi

Angliyaning Kambriya grafligidagi bir maktab kutubxonasidan olingan Jorj Bayronning asarlari to‘plami oradan 113 yil o‘tib maktabga qaytarildi. Bu haqida Guardian gazetasida xabar berilgan. Kitobni 1911-yilda maktab o‘quvchisi bo‘lgan Leonard Yubank olgan edi.

Leonard Yubank 1893-yilda tug‘ilgan va 1911-yilda maktabni tamomlagan. U keyinchalik Oksford universitetining Queen’s kollejiga o‘qishga kirgan. Oradan to‘rt yil o‘tib, Birinchi jahon urushi davrida, ko‘zi yaxshi ko‘rmasligiga qaramay, urushga jalb qilingan va 1916-yil 23-fevralda jangda halok bo‘lgan.

Leonard Yubank maktabning qahramonlar ro‘yxatida “eng yaxshi, halol va sodiq ingliz” sifatida e’tirof etilgan. Maktab vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Birinchi jahon urushidan oldin kutubxonadan olingan ushbu kitob, bir asr va o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, nihoyat joyiga qaytdi.

Bu hodisa dunyo bo‘yicha “eng kechikkan kutubxona kitoblaridan biri” sifatida tarixga kirishi mumkin.