Bojxona organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti kvotasi ajratildi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Bojxona organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvota joriy qilindi. Ushbu imtiyoz 2 foizlik grant asosida taqdim etilib, jami 697 ta qo‘shimcha kvotani tashkil etadi.
Imtiyozdan foydalanish shartlari:
- Minimal ball: Abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi.
- Qo‘shimcha kvota: Mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlashlari mumkin, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan umumiy kvotada kurashadi.
Imtiyozli kvota bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar:
- Qo‘shimcha kvota miqdori: Jami 697 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.
- Kurash: Bojxona organlari xodimlarining farzandlari o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.
Eslatma:
Mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Agar abituriyent birinchi yo‘nalishga kira olmasa, umumiy kvota doirasida o‘z balli bilan bellashadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Quyidagi link orqali Bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha 2 foizlik davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining OTM kesimidagi taqsimoti bilan tanishishingiz mumkin: