Bu yil imtihonda abituriyentlarga nechta savol tushadi?
19-mart 17:09
2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.
Test topshiriqlari soni va baholash mezoni:
Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:
- har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
- har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
- maksimal ball — 33 ball.
1-mutaxassislik fani bo‘yicha:
- test topshiriqlari soni — 30 ta;
- har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
- maksimal ball — 93 ball.
2-mutaxassislik fani bo‘yicha:
- test topshiriqlari soni — 30 ta;
- har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
- maksimal ball — 63 ball.
Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
BBA Samarqand va Namanganda sayyor qabul o‘tkazdi
22-oktabr 14:41