Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Chet tilidan imtihon topshirib hali javobini bilolmaganlar savoliga javoblar

17-iyun 19:03
Chet tilidan imtihon topshirib hali javobini bilolmaganlar savoliga javoblar

Savol: 2024-yil 12-iyun kuni yakunlangan chet tilidan milliy sertifikat imtihonining natijalari qachon e’lon qilinadi? Qabul yakunlangunga qadar e’lon qilinadimi?

Javob: 2024-yil 11-maydan 12-iyungacha bo‘lib o‘tgan chet tilidan milliy sertifikat imtihonining natijalarini 20-iyunga qadar hisoblab, 20-21-iyun kunlari e’lon qilish rejalashtirilmoqda.

Savol: Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilinganda sertifikat oladigan bo‘lsam, sertifikatim shaxsiy kabinetimda avtomatik tarzda chiqadimi yoki o‘zim kiritishim kerakmi?

Javob: Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat olgan abituriyentlarning sertifikat ma’lumotlari ularning shaxsiy kabinetida avtomatik tarzda chiqadi. Milliy sertifikat ma’lumotlarini alohida kiritish talab etilmaydi.