Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Dars qilayotganda diqqatni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun bularni qiling

15-mart 11:19
Dars qilayotganda diqqatni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun bularni qiling

Biroz dars tayyorlab telefonga chalg‘ish yoki xayol surib qolish holati hammada ham bo‘lsa kerak. Lekin bu o‘zlashtirish sifati tushishiga, vaqt yo‘qotishga olib keladi. Yaxshisi, chalg‘imaslik kerak.

Qanday qilib?

Diqqatingizni bo‘lmaydigan atmosfera toping.

Kimdir o‘ta tinch xonada, kimdir odamlar ko‘p kutubxonada yaxshiroq dars tayyorlaydi.

Xalaqit beruvchi narsalarni uzoqroq qo‘ying.

Agar sizni telefon chalg‘itsa, uni dars qilayotgan payti yoningizga emas, o‘zingizga ko‘rinmaydigan joyga qo‘ying.

Reja qilib oling.

Qancha narsani tugatishingiz kerakligini, necha daqiqa tanaffus sizga foydali ekanini belgilab chiqing.

Kun tartibini shakllantiring.

Doimiy bir vaqtda dars tayyorlash ortiqcha narsalarga xayol bo‘linmasligi uchun yaxshi yordam beradi.

Tanaffus qilib turishni unutmang.

Ozgina toza havo olish yoki boshqa usulda dam olish o‘qishingizni yana qolgan joyidan sifatli davom ettirishga yordam beradi.