Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Rasman: 2024-yilgi imtihonda test tushadigan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

04-dekabr 13:41
Rasman: 2024-yilgi imtihonda test tushadigan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Darsliklar 2023-2024-o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

  • O‘ylaymizki, tavsiya etilgan darsliklar abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlarida yordam beradi.

Tavsiya etilgan darsliklar bilan tanishib chiqing:

Manba: uzbmb.uz