Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar qanday tartibda to‘lanadi?

29-aprel 02:37
Yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar qanday tartibda to‘lanadi?

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalar o‘quvchining ota-onasi, shuningdek ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki o‘qituvchilar tomonidan quyidagi tartibda to‘lanadi:

  • darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalar ko‘rinishida;
  • Birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymat miqdorida:
  • birinchi sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalari uchun – uning bir baravari miqdorida;
  • 2-4-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalari uchun – uning ikki baravari miqdorida;
  • 5-9-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va o‘quv metodik qo‘llanmalari uchun – uning to‘rt baravari miqdorida.

P.S.: Mazkur o‘quv yilidan maktab darsliklari uchun ota-onalar tomonidan to‘lanadigan ijara puli bekor qilindi va davlat byudjetidan to‘lab berildi. Endi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar to‘lovi qayerdan qoplanadi, bu hozircha noma’lum.