Davlat granti va to‘lov-kontrakt uchun minimal o‘tish ballari belgilandi
30-iyul 15:40

2024-yilgi qabul jarayonida oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun minimal o‘tish ballari belgilandi. Ajratilgan kvota o‘rinlariga balli yetsa ham, 56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar talaba bo‘lmaydi.
Minimal o‘tish ballari:
- Davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali: 68,0 ball. Bu maksimal 189 ballning 36 %ini tashkil etadi.
- To‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali: 56,7 ball. Bu maksimal 189 ballning 30 %ini tashkil etadi.
Bu mezonlar talabalikka qabul qilish jarayonida abituriyentlarning minimal talablarini aniqlab beradi. Shuning uchun, abituriyentlar o‘z ballarini tekshirib, talabalikka qabul qilinish imkoniyatlarini baholashlari lozim.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi
29-oktabr 02:18
Nogiron yoshlar yuridik texnikumlarda bepul ta’lim oladi
11-oktabr 14:09
Chet tilidan sertifikati bor abituriyentlar talaba bo‘lgan
30-avgust 16:39