Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Endi fan olimpiadalarida 76 ball to‘plash shart emas

22-sentabr 02:09
Endi fan olimpiadalarida 76 ball to‘plash shart emas

Endi fan olimpiadalarida gʻolib deb topilish uchun 76 va undan yuqori ball toʻplash talab etilmaydi

II bosqich tuman xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan maktab bosqichida (I bosqich) 1, 2, 3-oʻrinlarni egallab gʻolib boʻlgan o‘quvchilar o‘rtasida oktyabr oyida o‘tkaziladi.

Akademik litseylar o‘quvchilari hamda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning maktab bosqichi g‘oliblari Tuman bosqichida ishtirok etmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri III (Viloyat) bosqichida ishtirok etadilar.

II bosqichda (Tuman) har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1, 2, 3-oʻrinlar) g‘olib aniqlanadi va hakamlar hayʼati qarori asosida tashkiliy qo‘mita tomonidan III bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

II bosqich tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari tomonidan o‘tkaziladi va hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.

Endilikda asosiy fan olimpiadalarining barcha bosqichlarida ballar ketma-ketligida 1, 2, 3-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarning gʻolib deb topilishi uchun 76 va undan yuqori ball toʻplashlari talab etilmaydi.