2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari e’lon qilindi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarori bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichining 22 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.
Jumladan:
— Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor bo‘la olmagan talabgorlarga bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari;
— Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabgorlari esa, bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 195 nafar talabgor nomzodlarning hujjatlari taqdim etilib, 22 ta yo‘nalishda tanlovning so‘nggi suhbat bosqichiga tavsiya etilgan 61 nafar talabgor bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat natijasi Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan g‘oliblar tavsiya etildi.
Prezident davlat stipendiyasi g‘oliblari ro‘yxati:

