Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Joriy yilgi qabulda oliygohlarga yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari qo‘shildi

Bugun, 15:50
Joriy yilgi qabulda oliygohlarga yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari qo‘shildi

Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori yangi tahrirda tasdiqlandi. 13 ta bakalavriat va 15 ta magistratura mutaxassisligi qo‘shildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, klassifikatorning yangi tahririga 13 ta yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 15 ta yangi magistratura mutaxassisliklari kiritilgan.

Ular iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohalarini qamrab oladi, jumladan:

— raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt;

— kiberxavfsizlik va axborot tizimlarini himoya qilish;

— muhandislik va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish;

— zamonaviy iqtisodiyot va innovatsion boshqaruv;

— sogʻliqni saqlash va tibbiy texnologiyalar;

— kelajak iqtisodiyoti va barqaror rivojlanishni shakllantiradigan boshqa istiqbolli yoʻnalishlar.

Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Avvalroq, 2026/2027-o‘quv yili bakalavriati uchun fanlar majmuasi tasdiqlanganligi haqida xabar bergan edik.