Ham oʻqib (kunduzgi, kechki, sirtqi), ham ishlayotgan talaba-pedagoglar kasbiy Sertifikatlash va toifa sinovlariga jalb qilinmaydi
Ham o‘qib (kunduzgi, kechki, sirtqi), ham ishlayotgan talaba-pedagoglar kasbiy Sertifikatlash va toifa sinovlariga jalb qilinmaydi. Kasbiy Sertifikat sinovlarida ishtirok etish uchun oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomni olgandan so‘ng kamida bir o‘quv yili davomida stajyor o‘qituvchi sifatida ishlash talab qilinadi.
Toifa testlari esa diplom olgandan keyin uch yilgacha majburiy attestatsiyadan ozod qiladi. Biroq, o‘qituvchilar o‘z ixtiyorlari bilan navbatdan tashqari test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.