Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

IELTS o‘qish uchun yoshlarga 1200 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdori 3.4 milliard so‘m!

30-yanvar 13:34
IELTS o‘qish uchun yoshlarga 1200 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdori 3.4 milliard so‘m!

Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi tomonidan xalqaro British Council tashkiloti bilan hamkorlikda "Registon IELTS Granti" tanlovining III mavsumini e’lon qiladi. Ushbu Grant orqali Respublika bo‘ylab 1200 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan.

Registon IELTS Granti - bu O‘zbekiston ta’limi kelajagiga befarq bo‘lmagan Registon ta’lim loyihasi tomonidan ishlab chiqilgan navbatdagi ijtimoiy loyiha bo‘lib, bu orqali eng iqtidorli yoshlarni bepul o‘qitish va munosib mukofotlash ko‘zda tutilgan.

Tanlovning asosiy maqsadi Respublika miqyosida tahsil olayotgan yoshlarning ingliz tilidan savodxonlik darajasini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moliyaviy rag‘batlantirish orqali O‘zbekiston ta’lim tizimini yanada rivojlantirishdan iborat.

Registon IELTS Granti tanlovi g‘oliblari qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishadi?

  • Registon IELTS Grantining maxsus g‘oliblik guvohnomasi va esdalik sovg‘alari;
  • Registon o‘quv markazining filiallaridan birida IELTS imtihoniga tayyorlov kursini 4 oy davomida grant asosida bepul o‘qish imkoniyati (kalendar oy asosida);
  • Registonning maxsus IELTS materiallari va kitoblaridan bepul foydalanish imkoniyati;
  • British Council tashkiloti xalqaro IELTS ekspertlari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan maxsus yopiq trening va seminarlarda bepul qatnashish imkoniyati;
  • British Council hamkorligida tashkil etiladigan Mock imtihonlarida bepul qatnashish va imtihonning rasmiy materiallaridan bepul foydalanish imkoniyati;
  • Ko‘p yillik tajribaga ega IELTS 8.5 - 9.0 mentorlardan qo‘shimcha darslar olish imkoniyati;
  • Maxsus platforma orqali xalqaro IELTS ekspertlaridan onlayn darslar va qo‘shimcha mashg‘ulotlar olish imkoniyati;
  • Registon o‘quv markazining "Support teacher" xizmatidan o‘quv jarayonlari davomida istalgan vaqtda bepul foydalanish imkoniyati;
  • O‘quv jarayonlari yakunlangandan keyin eng yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan nomzodlar "Registan HR department" tomonidan ishga qabul qilinadi;
  • Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish Registon ta’lim loyihasi’ning xalqaro toifadagi ustozlari hamda British Council tashkilotining xalqaro mutaxassislaridan tarkib topgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Registon ta’lim loyihasi – bu 2014-yilda tashkil topgan O‘zbekistondagi eng yirik xususiy ta’lim tashkilotlaridan biri bo‘lib, u Respublika bo‘ylab IELTS va chet tillariga ixtisoslashgan 30 ta o‘quv markazi, shuningdek, Registon xususiy maktabi, Registon tibbiyot kolleji, Registon xususiy nashriyoti, Registon IT kompaniyasi, Registon konsalting kompaniyasi, Registon test markazi, Registon onlayn maktabi (Daryn.uz by Registan) kabi yirik loyihalarni o‘z ichiga oladi. Yaqin kunlarda "Registan International University" xalqaro standartlar asosida ta’lim beruvchi nodavlat oliygohi ham o‘z faoliyatini boshlash arafasida turibdi. Hozirgi vaqtda Registon ta’lim eco-sistemasida 30 mingga yaqin yoshlar ta’lim olmoqda, shuningdek, Registon xususiy nashriyoti tomonidan chop etiladigan o‘quv qo‘llanmalari va darsliklaridan har yili 100 000 dan ortiq yoshlar foydalanadi. Registonning 10 yillik tarixi davomida 70 mingdan ziyod yoshlar muvaffaqiyatli ta’lim olishgan.

Tanlov tashkilotchilari:

Hamkorlar:

  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Grantning umumiy qiymati:

  • Yoshlarning ta’lim olishi uchun umumiy 3.4 milliard so‘m grant ajratilgan

Grant uchun kvota:

  • Grant g‘oliblari soni joriy o‘quv yilida 1200 nafar iqtidorli yoshlar uchun belgilangan.
  • Joriy o‘quv yilida nomzodlarning tashabbuslari va takliflari tanlovning maxsus komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, keyingi o‘quv yillaridan grant sovrindorlari soni va ularga beriladigan grant miqdorlari oshirib boriladi.

Tanlov kimlar uchun?

  • Ingliz tili (General English) darajalari bo‘yicha Intermediate va undan yuqori darajada bo‘lgan, Registon o‘quv markazlaridan birida ta’lim olishni istagan 25 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar uchun;

Muhim eslatma: ushbu grant loyihasi Registon o‘quv markazida o‘qimoqchi bo‘lgan yangi o‘quvchi va talabalar uchun tashkil etilgan. Markazlarimizda tahsil olayotgan o‘quvchilar ushbu loyihada o‘z bilimlarini tekshirib olish maqsadida imtihonlarda ishtirok etishi mumkin, lekin grantga ega bo‘la olishmaydi.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish

  • Registon IELTS Granti tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar @IELTS_Registan_bot orqali ro‘yxatdan o‘tadi va Respublika Imtihonlar.uz platformasida tanlovning maxsus “Shaxsiy kabineti”ni faollashtiradi.
  • Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi: 10-mart

Tanlov bosqichlari

Registon IELTS Granti tanlovi 2 bosqichdan iborat. Tanlov bosqichlari umumiy baholash tizimi asosida baholanadi hamda eng munosib ishtirokchilar munosib taqdirlanadi.

Birinchi bosqich

  • Ushbu bosqichda tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar Respublika Imtihonlar.uz platformasi orqali Respublika miqyosida onlayn imtihon topshiradilar.
  • Onlayn imtihonda ingliz tilining turli darajalarida (listening, reading, vocabulary, grammar) 50 ta test savoli beriladi.
  • Tanlovining 1-bosqichi 10-mart kuni soat 10:00 da boshlanadi va soat 23:00 da yakunlanadi.
  • Barcha nomzodlar belgilangan vaqt oralig‘ida 50 daqiqa davom etuvchi onlayn imtihonda ishtirok etishadi. Tanlovning maxsus onlayn imtihon platformasi 10-mart kuni soat 23:00 yopiladi.
  • 1-bosqichdan 2-bosqichga o‘tishning minimal natijasi - 80 foiz (40 ta to‘g‘ri javob va undan yuqori) tashkil etadi. Agar imtihonda ishtirok etuvchi talabgor 1-bosqichda yetarli ball to‘play olmasa, 2-bosqichga yo‘llanma olmaydi.
  • Birinchi bosqich yakunlangandan so‘ng umumiy natijalar mandati shakllantiriladi va Registon o‘quv markazining filiallari kesimida eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar kvotalar doirasida taqsimlanadi hamda keyingi bosqichga umumiy 3 ming 600 nafargacha nomzodlar yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin.
Izoh: Agar nomzodlar orasida 40 balldan yuqori natija ko‘rsatgan talabgorlar soni belgilangan kvota doirasidan ortib ketsa, bunday vaziyatda eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar kvota doirasida 2-bosqichga yo‘llanma olishadi.

  • Ikkinchi bosqichga o‘tgan nomzodlar uchun maxsus sms xabarnoma va Shaxsiy kabinet orqali xabar jo‘natiladi.

✅ Ishtirokchilar uchun qat’iy eslatmalar:

  • Tanlov boshlanishidan oldin yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqing;
  • Birinchi bosqichda ishtirok etishdan oldin Registon o‘quv markazi haqida, uning filiallari, joylashgan manzillari bo‘yicha barcha ma’lumotlar bilan tanishib chiqing;
  • Registon o‘quv markazining aynan qaysi filialida tahsil olishingizni belgilab oling. Chunki birinchi bosqich imtihonida ishtirokchilar qaysi filialni tanlasa, yakuniy imtihon ham aynan shu filialda (oflayn) bo‘lib o‘tadi va grant tanlangan filial doirasida taqsimlanadi;
  • Tanlov ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish vaqtida shaxsiy ma’lumotlarining to‘g‘ri va aniq to‘ldirilayotganligiga ahamiyat berishlari lozim. Nomzodlardan shaxsiy va doimiy faol bo‘lgan telefon raqam orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi (Eslatma: "Shaxsiy akkaunt" shakllantirish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan telefon raqamlarga maxsus sms xabarnomalar jo‘natilishi yoki Call-markaz tomonidan qayta aloqaga chiqilishi mumkin)

Ikkinchi bosqich

  • Ushbu bosqich Registon IELTS Granti tanlovining eng asosiy bosqichi bo‘lib, ishtirokchilar ushbu bosqichda maxsus Mock (listening, reading, writing skills) imtihonidan o‘tishadi.
  • Bo‘lib o‘tadigan vaqt va manzil: Tanlovning 2-bosqichi 17-mart kuni saralangan nomzodlar o‘rtasida Registon o‘quv markazining Toshkent shahri va viloyatlarda joylashgan maxsus imtihonlar binosida keng ko‘lamda bo‘lib o‘tadi. Imtihon vaqti va manzili bo‘yicha barcha ma’lumotlar nomzodlarga maxsus sms xabarnoma jo‘natiladi va Call-markaz operatorlari tomonidan batafsil ma’lumotlar beriladi.

Ikkinchi bosqich imtihoni 3 qismdan iborat bo‘ladi:

  • Listening – 30 ta savol, Part 1, Part 2, Part 3 – maksimum 30ball;
  • Reading – 30 ta savol, Passage 1, Passage 2 – maksimum 30 ball;
  • Writing – Essay, 250 ta so‘z – maksimum ball 40 ball.

Ikkinchi bosqich imtihoni umumiy 100 balldan iborat bo‘ladi.

  • 2-bosqich yakunlangandan so‘ng 10 kun davomida ishtirokchilarning umumiy natijalari Registon o‘quv markazining xalqaro toifadagi ustozlaridan tarkib topgan maxsus komissiya tomonidan tekshiriladi va umumiy natijalar e’lon qilinadi.
  • Nomzodlar tanlovda g‘olib bo‘lishi uchun yakuniy imtihondan kamida maxsus Mock imtihonida minimum 56 ball va undan yuqori natijani (taqriban IELTS Mock 5.0+) natijani qo‘lga kiritgan bo‘lishi talab etiladi. Yakuniy bosqichning ballari hal qiluvchi natija hisoblanadi va umumiy mandatda filiallar bo‘yicha belgilangan kvota asosida g‘oliblar aniqlanadi.
  • Ushbu bosqichda eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar munosib deb topilib, tanlovning mutlaq g‘oliblari deb e’lon qilinadi.

Tanlovda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallagan g‘oliblar quyidagi kvotalar asosida munosib rag‘batlantiriladi:

✅ Ishtirokchilar uchun qat’iy eslatmalar:

  • Grant g‘olibi bo‘lish uchun yakuniy imtihondan kamida 56 ball va undan yuqori natija ko‘rsatish talab etiladi. Chunki ushbu tanlov IELTS darajasiga tayyorlov uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Grant g‘oliblari 4 oyga mo‘ljallangan maxsus dasturimizda mutlaqo bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ushbu dasturda o‘qish va dasturni tushunishingiz uchun sizdan kamida Intermediate yoki undan yuqori daraja talab qilinadi;
  • Tanlov g‘olibi bo‘lgan nomzodlar Grant asosida o‘qishni boshlagandan so‘ng, 10 kun ichida maxsus mentor tomonidan belgilangan kunga IELTS sertifikatini olish uchun imtihonga ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish

IELTS Granti tanlovi g‘oliblari Registon o‘quv markazining maxsus tadbirlar bo‘lib o‘tadigan majlislar zalida tantanali ravishda taqdirlanishadi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus esdalik QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi. Sertifikatlar Respublika Imtihonlar.uz platformasining “Shaxsiy kabinet” bo‘limi orqali barcha ishtirokchilarga yuboriladi.

👉 Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish

Registon o‘quv markazi o‘zining bo‘lajak eng iqtidorli o‘quvchilariga omad tilaydi!

Tanlov bo‘yicha savollar va murojaatlar bo‘lsa @Imtihon_aloqa_bot manziliga yozishingiz mumkin.