Imtihon natijalarini bilish yo‘llari
15-iyul 23:35
2025-yilda o‘tkazilayotgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
- my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
- mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
- Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
- SMS xabarnoma xizmati orqali:Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Ona tili va adabiyot bo‘yicha 2026-yil 1-yarmida o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
11-mart 10:09
8-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan matematika fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining yakuniy natijalari e’lon qilindi
20-fevral 11:08