Ishdan bo‘shagan homilador ayolga dekret puli to‘lanadimi?
Homilador xodim ishdan bo‘shasa unga dekret puli to‘lanadimi?
Mehnat kodeksining 408-moddasiga binoan, homilador ayol bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimda MKning 404-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan (tug‘ruqqacha 70, tug‘ruqdan keyin 56 kun) davr uchun homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi. Bunda ayolning o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shaganligi muhim emas.
Eslatib o‘tamiz, homilador ayol 30-haftadan boshlab dekret ta’tiliga chiqishi mumkin. Agar u 30-haftagacha, masalan, 3-4-haftada ishdan bo‘shagan bo‘lsa, unga tug‘ruq ta’tili pullari qoplab berilmaydi.