Italiyada o‘quvchilarga o‘qituvchiga hujum qilgani uchun 10 ming yevrogacha jarima solinadi
Italiyada o‘qituvchiga hujum qilgan o‘quvchilar 10 ming yevrogacha jarimaga tortiladi
Chorshanba kuni Italiya parlamenti ta’lim to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Ushbu qonun doirasida bir nechta yangi chora-tadbirlar, jumladan, xulq-atvor baholari qayta joriy etiladi. Bu baholash tizimi ilk bor 1924-yilda Mussolini hukumati tomonidan joriy qilingan va 2000-yillarda bekor qilingan edi.
Endilikda xulq-atvor 10 ballik tizimda baholanadi. Besh va undan kam ball olgan o‘quvchilar o‘qishni qayta davom ettirishlari kerak bo‘ladi. Xulq-atvor bahosi bitiruv imtihonlari natijalariga ham ta’sir qiladi.
Bundan tashqari, maktab xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik uchun 500 dan 10 ming yevrogacha jarima joriy etildi. The Guardian nashriga ko‘ra, ushbu chora o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan maktab xodimlariga hujum qilish holatlari ortgani sabab kiritilgan. 2024-yilda bu kabi hodisalar soni 2023-yilga nisbatan ikki barobar oshgani aniqlangan.
O‘quvchilar asosan sinfda mobil telefonlardan foydalangani sabab o‘qituvchilar bilan ziddiyatga kirishgan