Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi

21-oktabr 15:36
Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi

Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi

2024-yil 16-oktabrda “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF-158-son) qabul qilindi. Ushbu farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi.

Texnikumlar orqali kasbiy ta’lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtiriladi va kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

Texnikumlardagi asosiy yo‘nalishlar:

  • Kadrlar tayyorlash xalqaro standartlar va O‘zbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi.
  • Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, shuningdek, malaka oshirish va qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil qilinadi.
  • Boshlang‘ich kasbiy ta’lim dasturlari 9-sinfni tamomlagan o‘quvchilar uchun davlat granti asosida amalga oshiriladi.
  • O‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida yo‘lga qo‘yiladi.
  • O‘rta maxsus kasbiy ta’lim bitiruvchilariga o‘zlashtirgan modullari va kreditlari asosida bakalavriatning tegishli bosqichidan o‘qishni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Ushbu yangi tizim kasbiy ta’lim sifatini oshirish va O‘zbekiston yoshlari uchun zamonaviy, xalqaro talablarga javob beradigan ta’lim imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan.