Kasbiy sertifikat sinovlari boshlandi: jarayonlarni onlayn kuzatish imkoni
                                        Bugun, 20-avgust kuni maktablarga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilarni navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari boshlandi. Jarayonlarni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin:
Mazkur sinovlarda ishtirokchilarga quyidagi savollar beriladi:
- Mutaxassislik fanidan - 40 ta;
 - Pedagogik mahorat boʻyicha - 10 ta;
 - Jami - 50 ta savol.
 
Har bir toʻgʻri javob uchun 2 balldan beriladi. Kasbiy Sertifikat olish uchun 56 va undan yuqori ball toʻplash kerak boʻladi.
Kasbiy sertifikat sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun quyidagi telegram botdan foydalanishingiz mumkin.