Kirish imtihonlarida mobil aloqa to‘lqinini pasaytirish qonunan belgilangan
15.07.2024 19:15
Imtihonlarda mobil aloqa to‘lqinini pasaytirish
Imtihon kunlari telefonlarga antenna chiqmay qolishi shunchaki tasodif emas, balki shaffoflikni ta’minlash uchun atay shunday qilinadi.
Imtihon adolatli o‘tishi uchun choralari
- Binolar videokuzatuv bilan ta’minlanishi, uni ota-onalar va jamoatchilik ham kuzata olishi kerak.
- Abituriyentlar shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga kiritiladi.
- Binolardagi va xizmat postlaridagi video yozuvlar saqlanishi uchun sharoitlar yaratiladi.
- Imtihon o‘tadigan bino shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar) videokuzatuv, mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi qurilmalar bilan ta’minlanadi.
- Guruh nazoratchilari va abituriyentlar test sinovlari o‘tkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritiladi.
- Imtihon hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash esa IIV va Qabul komissiyasiga topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi imtihon 92 ta yopiq binoda bo‘lib o‘tadi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Ona tili va adabiyot bo‘yicha 2026-yil 1-yarmida o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
Bugun, 10:09
Yangi o‘quv yilidan ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 barobar oshiriladi
06-mart 15:13