Klinik ordinaturaga kirish imtihonlari: Vaqt va joylar ro‘yxati
Klinik ordinaturaga qabul imtihonlari ertaga boshlanadi: Manzillar va lokatsiyalar
24-26 avgust kunlari yurtimizning ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari, oliy tibbiy ta’lim o‘quv yurtlari va klinik ordinatorlarni o‘qitish vakolati berilgan xususiy klinikalari uchun klinik ordinaturaga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, test sinovlariga kirish soat 7:00 da boshlanadi. Talabgorlar tmbm.ssv.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma va o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi bilan imtihon manzillariga imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari kerak.
Eslatib o‘tamiz, kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Imtihonlar quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun:
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi binosi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Amir Temur ko‘chasi, 185-uy (oldingi M. Gorkiy ko‘chasi).
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari uchun:
Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy binosi.
Andijon shahri, Yu.Otabekov ko‘chasi, 1-uy.
Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun:
Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosi.
Buxoro shahri, G‘ijduvon ko‘chasi, 10-uy.
Xorazm viloyati uchun:
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi binosi.
Urganch shahri, Hamza ko‘chasi, 11-B-uy.
Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari uchun:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti, yangi binosi ma’ruza zallari.
Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 18-uy. )
Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari uchun:
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi binosi.
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy ko‘chasi, 197-uy.