Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Kollej va texnikumlarga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi

Bugun, 01:17
Kollej va texnikumlarga qo‘shimcha qabul e’lon qilindi

Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar berilmoqda

Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Buning uchun 25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasiga murojaat qilish lozim.

Quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • Bo‘sh o‘rinlari mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani bo‘yicha tegishli kasbni tanlashlari mumkin.
  • Abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari mumkin.
  • Dual ta’lim shakli bo‘yicha abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kollej va texnikumlarga qabul qilinadi.
  • My.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan abituriyentlar kechki yoki sirtqi ta’lim shaklida yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadilar.

Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli uchun my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn murojaat qilish, kechki va sirtqi ta’lim shakllari uchun esa bevosita ta’lim muassasasiga murojaat qilish lozim.

Shu bilan birga, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi.