Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Litseylarga kirish imtihon natijalari bugun chiqishi mumkin

01-avgust 15:11
Litseylarga kirish imtihon natijalari bugun chiqishi mumkin

Akademik litseylarga kirish test sinovlari natijalar bugun e’lon qilinishi kutilmoqda

Akademik litseylar uchun o‘tkazilgan kirish test sinovlari bugun 1-avgust kuni e’lon qilinishi mumkin. Bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 30-iyul kuni o‘tkazilgan ovozli muloqot davomida ma’lum qilingan.

Ta’kidlash lozim, amaldagi tartib bo‘yicha, imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.