Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Maktab ichki tartib qoidalari: Ota-onalarga qo‘yilgan asosiy talablar

18-sentabr 03:18
Maktab ichki tartib qoidalari: Ota-onalarga qo‘yilgan asosiy talablar

Maktabning ichki tartib qoidalariga ko‘ra ota-onalar qanday talablarga rioya qilishlari kerak?

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘iga ko‘ra, maktab ichki tartib qoidalariga muvofiq ota-onalarga bir qator talablar belgilangan. Quyida ota-onalar rioya qilishlari kerak bo‘lgan asosiy talablar keltirilgan:

Ota-onalarga qo‘yilgan talablar:

  1. Ichki tartib qoidalari bilan tanishish

      • Ta’lim muassasasining ichki tartib qoidalarini bilish va ularga amal qilish.
  2. O‘qituvchini hurmat qilish

      • O‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, dars jarayoniga aralashmaslik va pedagoglarni haqorat qilmaslik.
  3. Farzandini nazorat qilish

      • Farzandining maktab ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish.
  4. Farzandini darslarga to‘liq qatnashishini ta’minlash

      • Farzandining darslarga muntazam qatnashishini, shuningdek, o‘quv materiallari, ish daftarlari va zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlash.
  5. Farzandini ta’limga tayyorlash

      • Farzandining darslik va o‘quv qurollari bilan ta’minlangan holda maktabga kelishini ta’minlash.
  6. Farzandining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish

      • Darsdan keyin farzandining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, uni ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik va maktabga o‘z vaqtida kelishini nazorat qilish.
  7. Sinf rahbari va o‘qituvchilar bilan aloqada bo‘lish

      • Farzandining xulqi va davomati yuzasidan sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan doimiy aloqada bo‘lish.
  8. Davomat haqida xabar berish

      • Farzandi darslarga qatnashmaydigan holatlarda sinf rahbariga sabablarini bildirgan holda xabar berish.
  9. Maktab tadbirlarida ishtirok etish

      • Ta’lim muassasasining taklifiga binoan ota-onalar yig‘ilishlari, suhbatlar va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.