Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Maktab qoidalari: O‘qituvchi o‘quvchini darsdan chiqarishi mumkinmi?

17-sentabr 02:30
Maktab qoidalari: O‘qituvchi o‘quvchini darsdan chiqarishi mumkinmi?

O‘qituvchi o‘quvchini darsdan chiqarib yuborishi mumkinmi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ida mazkur me’yorlar belgilangan.

Pedagog va xodimlarga ta’lim muassasasida quyidagilar taqiqlanadi:

  • Jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini, qadr-qimmatini kamsitish, ruhiy, jismoniy va boshqa zo‘ravonlik ko‘rsatish;
  • O‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan sababsiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;
  • “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sababsiz sinf xonasida ushlab turish;
  • Dars mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;
  • Ta’lim muassasasiga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan holda kelish;
  • Ta’lim muassasasining hududi va binosida spirtli ichimliklar hamda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
  • Muassasa hududi va binosida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi bo‘lmagan turli xil tadbirlarni tashkil etish;
  • Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan barcha tadbirlar va ularga tayyorgarlik ishlarini dars mashg‘ulotlari vaqtida o‘tkazish.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, o‘quvchilarni darsdan sababsiz chiqarib yuborish yoki darsga sababsiz kiritmaslik mumkin emas