Maktabda o‘quvchilarga telefonlardan foydalanish qoidalari
22-sentabr 01:22
Maktabda o‘quvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:
- Telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalar cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
- Telefon akkumulatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;
- Telefon orqali atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
- Ta’lim muassasasining nufuziga zarar yetkazuvchi holatlarni, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizmni suratga olib, ularni atrofdagilarga namoyish etish;
O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
- Telefon orqali so‘zlashish, SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
- Telefonni stol ustiga qo‘yish;
- Musiqa tinglash;
- Surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabi ilovalarni ishlatish;
- Suratga olish va video tasvirga tushirish;
- Telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.
Agar tartib buzilsa:Ushbu talablar buzilgan taqdirda, ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi o‘quvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni direktor yoki direktor o‘rinbosariga topshirish hamda ota-onalarga berish huquqiga ega