Maktab tizimida o‘qituvchilar uchun yagona onlayn platforma yaratiladi
Maktab tizimida o‘qituvchi o‘z imkoniyati va yutuqlarini e’lon qilishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi
O‘tgan 5 yil ichida 13 ming 500 dan ortiq kompyuter sinflari 200 mingta zamonaviy kompyuter bilan ta’minlandi. Bugungi yig‘ilishda, kelgusi yilda yana 2 mingdan ziyod kompyuter sinflari yangilanishi va bunga byudjetdan 400 milliard so‘m ajratilishi ma’lum qilindi.
Ushbu kompyuterlarga elektron ta’lim kontentlari yuklanib, bolalarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Bundan tashqari, o‘quvchilarning murakkab konsepsiyalarni oson o‘zlashtirishi uchun aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha virtual laboratoriyalar tashkil etiladi. Yangi o‘quv yilidan boshlab, bunday laboratoriyalar har bir viloyatda 10 ta maktabda tashkil etiladi.
Shuningdek, o‘qituvchilarning imkoniyatlari va yutuqlarini e’lon qilishi, yangi ishlanmalarni namoyish etishi uchun yagona onlayn platforma yaratiladi