Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari uchun yangi tayinlash tartibi joriy etiladi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga direktor tayinlashning yangi tartibi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining (27.08.2024 №531-son) qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, Malaka oshirish institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kursida o‘qitish va ularga maxsus portal orqali menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy etiladi.
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan MTT direktoriga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
Bundan tashqari, 2025-yil 1-yanvarga qadar direktor lavozimida ishlab kelayotgan xodimlarni o‘qitish va sertifikat olish bilan bog‘liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu yangi tartib maktabgacha ta’lim tashkilotlarida menejerlik malakasini oshirish va boshqaruv sifatini yaxshilashga qaratilgan muhim qadamdir