Matematika va boshqa fanlar bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni o‘tkazildi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi
2024-yil 12-oktabr kuni matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi. Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida talabgorlarga qulay sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.
Jami 5,3 ming nafardan ziyod talabgor ushbu sinovlarda ishtirok etdi. Ammo, 10 nafar talabgor imtihon qoidalarini buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.
Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, rasmiy e’lon qilinadi.